21:56 / 05.06.2017
7038

Chernogoriya rasman NATOning 29-a'zosiga aylandi

Foto: aa.com.tr

Chernogoriya 5 iyunda Vashingtonda o‘tgan marosim davomida NATOga rasman qabul qilindi. Shu tariqa Chernogoriya tashkilotning 29-a'zosiga aylandi.

7 iyun kuni Chernogoriya bayrog‘i NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohida ko‘tariladi. Tantanali marosimda Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ishtirok etadilar.

Chernogoriyaning mudofaaga har yillik sarf-xarajatlari 69 mln dollarni, harbiylari soni 2 ming kishini tashkil qiladi.    

Ta'kidlanishicha, Chernogoriya o‘zining geografik joylashuvi tufayli NATOning faoliyatiga katta hissa qo‘sha oladi. 

NATO 2009 yildan beri birinchi marta kengaymoqda. Oxirgi marta unga Albaniya va Xorvatiya qabul qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy aprelda Chernogoriya parlamenti mamlakatning NATOga kirishi haqidagi qonunni ratifikatsiya qilgandi. Bu qarorga 81 deputatdan 41 nafari ovoz bergandi.

Mavzuga oid
Top