18:00 / 05.06.2017
21120

Dunyoning eng keksa yalqovi hayotdan ko‘z yumdi

Si xonim laqabini olgan dunyoning eng keksa yalqovi 2 iyun, juma kuni Avstraliyaning Adelaida shahridagi hayvonot bog‘ida jon berdi. News Adelaide nashriga ko‘ra, u 43 yoshda bo‘lgan.

Yalqov 1974 yilda dunyoga kelgan, bu jonivorlar hayot davomiyligi odatda 10-12 yildan oshmaydi. 

"Si xonim noyob jonivor bo‘lib, o‘z turiga ko‘ra, eng uzoq umr kechirgan yalqov hisoblanadi", - deya ma'lum qilindi hayvonot bog‘ida. 

So‘nggi vaqtlarda yalqovning sog‘lig‘i yomonlashdi. Shu bois juma kuni hayvonot bog‘i xodimlari jonivorni uxlatib qo‘yishga qaror qilishdi. 

Mavzuga oid
Top