12:39 / 05.06.2017
13281

KXDR harbiylari AQSh aviatashuvchilariga havodan zarbalar berishni mashq qildi

Foto: Google Images

KXDR harbiy-havo kuchlari jangovar parvozlarni nazoratdan o‘tkazdi. Unda Amerika aviatashuvchi kemalariga havodan zarbalar berish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsad qilingan, deb xabar qilmoqda KMTA.

Mashg‘ulotlarni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In nazoratida tashkil etilgan.

Koreya xalq armiyasi HHK qo‘mondoni Kim Gvan Xyok so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rik stal «ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda bir zarba bilan dushman nishonlarini, shu jumladan raqib aviatashuchilarini» yo‘q qilish bo‘yicha «zarur sinov bo‘ldi». 

Qo‘mondonning qayd etishicha, mashg‘ulot, shuningdek, «vatanni birlashtirish uchun kurashni yakunlashda armiyani butunlay ruhlantirishi kerak».

Kim Chen In harbiy aviatsiya parvozlaridan ko‘ngli to‘lgan va respublika HHK jangovar tayyorligini mustahkamlashga ko‘rsatma berdi, deb qayd etadi KMTA.
 

Top