09:28 / 05.06.2017
7482

Londondagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Foto:swindonadvertiser.co.uk

IShID terrorchilik tashkiloti Londonda 4 iyunga o‘tar kechasi sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda tvitterda jangarilar faoliyatini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi isroillik tadqiqotchi Rita Kats ma'lum qildi.   

Bu haqdagi xabar terrorchilar nazoratida bo‘lgan "Amak" yangiliklar agentligidan olingan. Xabar IShID foydalanuvchi kanallar orqali tarqatilgan. Bu ma'lumotni Reuters axborot agentligi jurnalistlari ham tasdiqlashgan

4 iyunga o‘tar kechasi London ko‘prigida noma'lum kimsalar furgonli mashinada piyodalar yo‘lakchasidagi odamlarni urib ketib, Boro-Market bozorigacha borishgan. So‘ngra bu yerda terrorchilar mikroavtobusdan tushib, odamlarga uzun tig‘li pichoqlar bilan hujum qilishgan. Politsiya bosqinchilarni yo‘q qilgan, ularning tanasida portlovchi qurilmalarning mulyaji aniqlangan. 

Terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ular orasida Fransiya va Kanada fuqarolari ham bor. 50 ga yaqin kishi jarohat olgan. Hujum rasman terakt deb tan olingan. Politsiya hujumlarga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kishini qo‘lga olgan.

IShID, shuningdek, 23 mayda "Manchester-Arena"da qo‘shiqchi Ariana Grandening konsertida sodir etilgan terakt uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. Kontsert vaqtida sodir etilgan portlash oqibatida 22 kishi, asosan bolalar va o‘smirlar halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohat olgan.

Mavzuga oid
Top