19:47 / 05.06.2017
12533

«Real»ning 8 futbolchisi YeChL mavsumi ramziy terma jamoasiga kirdi

UYeFA 2016/17 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi ramziy terma jamoasini ma'lum qildi.

Tarkib ikki darvozabon, 5 himoyachi, 6 yarim himoyachi va 5 hujumchidan iborat. Avgust oyida ulardan 11 nafari saralab olinadi, turnirning eng yaxshi futbolchisi ham avgustda e'lon qilinadi.

E'tiborli jihati, tarkibda finalda «Yuventus»ni 4:1 hisobida yengib, qatorasiga ikkinchi yil YeChL g‘olibi bo‘lgan «Real»dan 8 nafar futbolchi bor.

Darvozabonlar: Janluidji Buffon («Yuventus»), Yan Oblak («Atletiko»).

Himoyachilar: Leonardo Bonuchchi («Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo, Dani Karvaxal (barchasi – «Real»), Diyego Godin («Atletiko»).

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich, Isko (uchalasi – «Real»), Miralem Pyanich («Yuventus»), Temue Bakayoko («Monako»).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Kilian Mbappe («Monako»), Robert Levandovski («Bavariya»).

Top