13:03 / 05.06.2017
6221

Turkiya Gulen va yana 130 kishini fuqarolikdan mahrum qilmoqchi

Foto: AP

Turkiya 130 kishi, jumladan muxolifatchi Fathulloh Gulenni fuqarolikdan mahrum qilish jarayonini ishga tushirdi. U Anqara tomonidan Turkiyada 2016 yilning yozida ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinishni tashkillashtirganlikda ayblanmoqda.

Bu haqda Hurriyet gazetasi Turkiya IIV bayonotiga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, kurdlarga yaqin bo‘lgan Xalqlar demokratiyasi partiyasidan bo‘lgan qator deputatlar ham fuqarolikdan mahrum qilingan.

Barcha 130 kishi Turkiyaga uch oy davomida qaytib kelmasa, mamlakat fuqaroligidan chiqariladi.

Top