09:53 / 06.06.2017
32650

Artel: Har bir ayol orzu qiluvchi mashina

Ayollar ko‘proq nimani qadrlaydi? Bu savol ustida har bir erkak kishi bosh qotirgan bo‘lsa kerak, aslida esa javob oson...

 - bu vaqtdir. Oila, do‘stu-yaqinlari va albatta o‘zi bilan o‘zi o‘tkazgan vaqt. Artel kompaniyasi o‘z zimmasiga uydagi yumushlarning bir qismini oluvchi, bir vaqtning o‘zida ham foydali, ham yoqimli maishiy texnikani ishlab chiqarib ayollarning mushkulini osonlashtirdi. Artel avtomatlashtirilgan kir yuvish mashinalari qatori to‘rta yangi 8 va 6 kg hajmga ega bo‘lgan yangi modellar bilan to‘ldirildi. Yangi avtomatlashtirilgan kir yuvish mashinalari, hamyonbop narxlarda bo‘lib sifat, ishonchlilik va foydalanishdagi qulaylikni o‘ziga qamrab oladi.

Keling yangi kir yuvish mashinalaridan biri 80K 141-I modelini yaqindan o‘rganib chiqamiz.

80K 141-I modelining kiyim sig‘dirish hajmi 8 kg. ga teng bo‘lib, u katta oilalarga juda mos keladi. Bunday hajm bir paytning o‘zida katta miqdordagi kiyim-kechaklarni yuvish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat vaqtni, balki suv va elektr quvvatini ham tejaydi. Bakning sig‘imi parli adyollar va choyshablarni qishki mavsumdan so‘ng tozalash va yuvish imkonini beradi.

Yangi kir yuvish mashinalari maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi Whirlpool kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi. Artel kir yuvish mashinalarida Whirlpool invertorli motori ishlatiladi. Whirlpool kompaniyasi 100 yildan ortiq muddatdagi faoliyati davomida yuqori sifatli motorlar ishlab chiqaruvchi sifatida dunyoda yetakchi pozitsiyalarni egalladi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki Whirlpool motorlariga 10 yillik kafolat beriladi.

Invertorli motorlarning avzalligi shundaki ular deyarli shovqinsiz ishlaydi, shuning uchun siz kir yuvish mashinasini istalgan vaqtda, farzandlaringiz uyg‘onib ketishidan xavfsiramay ishlatishingiz mumkin. Invertorli dvigatellarni qo‘llash elektr quvvatini 29 foizgacha, suv resurslarini esa 17 foizgacha tejash imkoniyatini beradi. 80K 141-I kir yuvish mashinasi A+ energosamaradorlik sinfiga kiradi.

Yosh bolali ayollarga yangi kir yuvish mashinasi barabanidagi bakteriyalarga qarshi qoplama borligi juda ma'qul keladi. Bu esa kir yuvish jarayonini xavfsiz qiladi.

Endilikda, siz ajoyib natijaga yanada kamroq vaqt ichida erishasiz, chunki ishlab chiqaruvchi to‘la kir yuvish jarayonining vaqtini qisqartirishga erishdi. Bundan tashqari, mashina sig‘dirish hajmi katta bo‘lishiga qaramay, kichik jismoniy o‘lchamlarga ega. Bu esa, texnika uyingizda kamroq joyni egallashini ta'minlaydi.

Artel yangi kir yuvish mashinasining alohida o‘ziga xos jihati Woolmark Apparel Care belgisidir. Woolmark belgisiga ega kir yuvish mashinasi junli narsalarni ehtiyotkorlik bilan yuvadi. Shuning uchun endi siz kofta va sviterni hech ikkilanishsiz yuvishingiz mumkin.

“Aqlli chiroq” – barabanga maxsus joylashtirilgan yoritish chirog‘idir. Kechki vaqtda kir yuvishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ammo yoritish chirog‘idan foydalanish imkoni bo‘lmasa aqlli chiroq sizga ko‘mak beradi.

Artel yangi kir yuvish mashinasida kir kiyimlar saqlash va ajratish uchun turli bo‘limlarga ega bo‘lgan maxsus javon bor. Shu tariqa kiyim-kechak va kir yuvish vositalari uchun alohida joy ajratish kerak bo‘lmaydi.

Artel yildan yilga o‘z xaridorlariga qulay narxlarda yuqori sifatli mahsulotni taklif etib kelmoqda. Ishlab chiqaruvchi barcha yirik maishiy texnikaga 3 yillik bepul to‘liq kafolat beradi, u o‘z ichiga mutaxassis ishi, ta'mirlash, shuningdek, ehtiyot qismlarini almashtirish kabi xizmatlarni qamrab oladi. Aynan shuning uchun Artel kompaniyasining texnikasini mamlakat bo‘ylab minglab iste'molchilar tanlamoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi raqam (71) 150-99-88, yoki Artel Facebook rasmiy sahifasi https://www.facebook.com/arteluzb/ orqali bilib olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top