10:45 / 06.06.2017
46833

Politsiyachilar Alisher Usmonovga Mortal Kombat’da Navalniy ustidan g‘olib chiqishda yordam berishdi

Internet tarmog‘ida rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov va muxolifachi Aleksey Navalniy mashhur Mortal Kombat kompyuter o‘yini siymosida aks ettirilgan videorolik tobora mashhur bo‘lmoqda. Video «Lentach» Facebook-hamjamiyatida e'lon qilingan.

E'lon qilinganidan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt ichida uni tomosha qilganlar soni 33 mingdan ortgan.

Unda Usmonov va Navalniy bir-birlariga qilgan videomurojaatlardan kesib olingan iboralardan foydalanilgan. «Jang» qisqacha so‘zlashuvlardan so‘ng mushtlashuv, shuningdek boshqa personajlar — jurnalistlar Anatoliy Shariy va politsiyachilarning paydo bo‘lishi bilan davom etadi.

Rolik syujyetiga ko‘ra, Usmonov g‘alaba qozonadi va final zarbasi sifatida «Tuf senga, Aleksey Navalniy» deydi.

Alisher Usmonov 18 may kuni Navalniy tomonidan uning davlat mulkini xususiylashtirishdagi ishtiroki borasidagi ayblovlariga javoban ilk videomurojaatini e'lon qilgan edi.

Ikkinchi videoroligida biznesmen Navalniyni Poligraf Sharikovga tenglashtiradi. Shundan so‘ng milliarder eng yaxshi memlar tanlovini e'lon qilib, g‘oliblarga iPhone 7 Plus va dastxati tushirilgan futbolkalar sovg‘a qilishni va'da qilgan edi.

Top