00:03 / 06.06.2017
13779

Putin va Erdo‘g‘an Qatar atrofidagi vaziyatni muhokama qilishdi

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon muloqoti davomida Qatar atrofida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.   

"Prezidentlar barcha manfaatdor tomonlarni Fors ko‘rfazi mintaqasida tinchlik va barqarorlik yo‘lida murosaga olib keluvchi qarorlarni ishlab chiqish maqsadida muloqotga chorlashdi", deb aytildi xabarda.

Bundan tashqari, ikki dvlat yetakchisi Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar. 

5 iyunda 8 ta davlat – Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Yaman, Liviya, Misr, Maldiv va Mavrikiy  Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildi. Aloqalarning uzilishiga olib kelgan Qatarning terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblanishiga bu davlat rahbari – Tamim bin Hamad Ol Soniyning Eron va Isroilni qo‘llab-quvvatlash zarurligi haqidagi gaplari sabab bo‘lgan.

Top