11:45 / 06.06.2017
410469

Rustam Azimov hukumatdan ketdi

Foto: "Kun"

O‘zbekiston hukumati iqtisodiy kompleksida yana o‘zgarishlar ro‘y berdi. 

Manbalarning xabarlariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksi rahbari Rustam Azimov lavozimni tark etgan.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tayinlangan.

Rustam Azimov o‘tgan yilning dekabrida Moliya vaziri va bosh vazirning birinchi o‘rinbosarligidan ketgandi. Uning vazirlikdagi o‘rnini Botir Xo‘jayev Asadillayevich egallagan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbari Ochilboy Ramatov Jumaniyozovich esa bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga aylangandi.

Rustam Azimov 1991-1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi sifatida ishlagan, 1998-2000 — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2000 yildan 2002 yilgacha u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri, 2000-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bo‘lib ishlagan. 2003-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 2005-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008 yil 22 noyabrdan 2016 yil dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari. 2016 yil 15 dekabrdan Bosh vazir o‘rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.

Ayni vaqtda uning keyingi ish faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

 

Mavzuga oid
Top