10:08 / 06.06.2017
11709

Ummon tashqi ishlar vaziri Qatar atrofida mojaro yuz berayotgan vaqtda Dohaga keldi

Foto: ria.ru

Ummon tashqi ishlar vaziri Yusuf Alaviy bin Abdulloh 5 iyunda Qatar va uning mintaqadagi qo‘shnilari bilan munosabatlar keskinlashgan bir vaqtda Dohaga avval rejalashtirilmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda Qatar axborot agentligi ma'lum qildi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy o‘zining ummonlik hamkasbi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv vaqtida tomonlar "ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar va ularni mustahkamlash yo‘llarini" hamda "umumiy manfaatlarga mos keluvchi ishlarni" muhokama qilishgan.   

Ummon Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan barcha diplomatik aloqalarni uzishlari va barcha transport aloqalarini to‘xtatishlarini e'lon qilishgan kuniyoq o‘z vakilini Dohaga yubordi. Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga kiruvchi 6 ta davlatdan ikkitasi – Ummon va Kuvayt Qatarning boykot qilinishiga qo‘shilishmadi. Tahlilchilar shundan kelib chiqib, Ummon va Kuvayt Qatar va u bilan aloqalarni uzgan qo‘shnilari o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda vositachilik qilayotganlari bo‘lishlari mumkinligi haqidagi taxminni bildirishgan.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top