AQSh kongressi vakillar palatasi a'zosi El Grin AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e'lon qilishga ilk urinishga materiallar to‘plamoqda. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.
Kongressmen Grin Trampga qarshi ayblovlarni 7 iyundayoq taqdim qilmoqchi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Grinning Trampni prezident lavozimidan olib tashlashga urinishi muvaffaqiyatli tugashiga imkoniyat juda kam, chunki kongressning ikkala palatasi ham respublikachilar tomondan nazorat qilinadi. Trampning partiyadoshlari u bilan ba'zi ziddiyatlarga ega bo‘lsalar-da, umuman olganda uning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydilar va u bilan umumiy qarashlarga egalar.
Grinning fikricha, Trampni iste'foga jo‘natish uchun uning FQBning sobiq direktori Jyeyms Komini lavozimidan bo‘shatish qarori sabab hisoblanadi.