07:49 / 07.06.2017
4775

AQSh va Saudiya Arabistoni terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurashishni muhokama qilishdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurashishni muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma'lum qilindi.   

"Yetakchilar terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirish va mintaqadagi istalgan davlat tomondan ekstremizning ilgari surilishiga yo‘l qo‘ymaslikdagi o‘ta muhim maqsadlarni muhokama qilishdi", deyilgan xabarda.   

Ushbu suhbat Saudiya Arabistonining Qatarni terrorchilikni moliyalashtirishda ayblashi ortida bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistoni va bir qator boshqa davlatlar bu ayblovlar asosida Doha bilan diplomatik aloqalarni uzishdi.   

Mavzuga oid
Top