17:26 / 07.06.2017
9100

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari uyma-uy yurib, tushuntirish ishlari o‘tkazmoqda

«Yong‘inlar profilaktikasi kuni» tadbiri doirasida, 7 iyun kuni Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Toshkent shahar hududida joylashgan aholi, tashkilotlar va ta'lim muassasalari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya etish to‘g‘risida keng tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YoXB matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida Toshkent shahri xududida joylashgan 64 ta maskan, bino va inshootlarining yong‘inga qarshi holati to‘liq tekshiruv hamda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilib, ishchi-xizmatchilar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Bu borada, xududida joylashgan aholi turar joylarining yong‘inga qarshi holati, tegishli organlar vakillari, mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib, 3550ta xonadonlarida tushuntirishlar o‘tkazilib,  5880 nafar fuqarolarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ishlari olib borildi. 

Tadbir davomida xodimlari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan mulkchilik shaklidagi korxona-tashkilot, aholi turar ko‘p qavatli, shaxsiy turar joylarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davrida 2100dan ziyod yong‘inga qarshi kamchiliklar aniqlanib, 1636ta yong‘inga qarshi kamchiliklar joyida bartaraf etilib, aniqlangan kamchiliklarni kelib chiqishi va ularni bartaraf etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida 11 marta muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilib, 27 nafar fuqaro muhokama qilinib, ularning yong‘in xavfsizligi masalalarida ma'suliyati oshirildi. 

Aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini kengroq targ‘ib etish maqsadida, mahalla, uy*joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilot, oliy va o‘rta maxsus, maktabgacha ta'lim hamda davolash muassasalarida 95 marta uchrashuvlar o‘tkazilishi tashkil etilib, 3960 nafar ishchi-xizmatchi va fuqarolar bilan xavfsizlik hamda yong‘in xavfsizligi borasida suhbat va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Shunindek, “O‘z uyingni o‘zin asra” shiori ostida quydagilarga alohida e'tibor qaratilishi lozim,
-uy va ishdan chiqishdan, tungi uyqu oldidan gaz va elektr moslamalarni tekshirib, ularni o‘chirishni unutmang;
-yosh bolalarni yolg‘iz va nazoratsiz qoldirmang;
-yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in joyini zudlik bilan tark etib,  “101” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling;

Joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar oldini olish har bir fuqaroning o‘z qo‘lida hisoblanadi. 

Top