00:25 / 07.06.2017
15650

Ispaniyalik Londondagi terakt vaqtida 28 kishining hayotini saqlab qoldi

Foto: RIA Novosti

Londonda yashovchi ispaniyalik Serxio Farina 3 iyunda bu shaharda sodir etilgan terakt vaqtida 28 kishining hayotini saqlab qoldi, deb xabar qildi TASS axborot agentligi.  

Axborot agentligining xabar berishicha, Galisiya muxtor hamjamiyatda tug‘ilib o‘sgan, Boro-market bozori yonidagi restoranda ishlovchi Serxio Farina odamlar berkinib o‘tirgan restoranga terrorchilardan birining kirishiga yo‘l qo‘ymagan. Farina terrorchi ichkariga kirmoqchi bo‘lganda kirish eshigini yopib qo‘ygan. Uning akasi Rafa Farinaning aytishicha, Serxioning butun oilasi uning bu ishi bilan faxrlanmoqda. 

Restorandagi ushbu holat qayd qilingan videoni Diario de Pontevedra nashri namoyish qilgan.

3 iyun kechki vaqt 3 nafar terrorchi Britaniya poytaxtidagi London ko‘prigida avtomobilda piyodalarni bosib ketishgan, so‘ngra Boro-market bozorigacha borib, u yerda odamlarga pichoqlar bilan hujum qilishgan.

Mavzuga oid
Top