13:16 / 07.06.2017
9449

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markaziga yangi bosh direktor tayinlandi

Ataxanov Bahodir Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda hukumat portali xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Ataxanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 363-son qaroriga muvofiq markaz bosh direktori etib tayinlangan. 

Bahrom Asqaraliyevich Shokirov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Mavzuga oid
Top