10:08 / 07.06.2017
8915

Millatlararo munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

 
O‘zbekiston hukumati 2 iyun kuni millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosarini tayinladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Kamoliddin Eshonxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining xorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. 

Avvalroq O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimida ishlab, shu yilning fevralida ishdan olingan Alisher Xo‘jayev ham millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarligiga tayinlangani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top