11:14 / 07.06.2017
82264

Rossiya va AQSh urushida “hech kim tirik qolmasdi” – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ochiq qarama-qarshilikda “hech kim tirik qolmasdi”. Showtime telekanali YouTube’da intervyudan bir qismni e'lon qilgan.

"Qaynoq” urushda AQSh yetakchilik qilgan bo‘larmidi?", - deya so‘ragan Stoun. “O‘ylashimcha, hech kim tirik qolmasdi", - deya javob bergan Putin.
 
Shuningdek, RF prezidentining ma'lum qilishicha, Rossiya-Amerika munosabatlarida o‘zgarish bo‘lishiga umidini yo‘qotayotgani yo‘q.
 
Stounning AQSh bilan munosabatlar Donald Tramp saylanganidan so‘ng yaxshilanishi mumkinmi, degan savolga esa, Putin shunday javob qaytardi: "Umid har doim bor. Bizni qabristonga olib bormagunlariga qadar".

Top