Ramazon kechalarida O'zbekiston masjidlarida o'tkazilayotgan xatmi Qur`on tarovehlarida odamlar Alloh taoloning buyuk Kalomiga muhabbat ila some bo'lib bormoqdalar. 8 iyun sanasida Toshkent shahridagi qator masjidlarda Qur`oni Karim xatmonasi ya`ni, Kalomullohning so'nggi suralari o'qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi. Bu haqda O'MI Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

1. “Hazrati imom” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, Qorasaroy ko'chasi, 49-uy.)
Masjid imom-xatibi – O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari.
Qorilar: Qurbonov Ismoiljon, Alimov Ahmadxon, Kamolov Abdulbasir

2. “Maxkam ota” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Bayroq-Durbek ko'chasi, 14a-uy.)
Masjid imom-xatibi – Yo'ldoshev Muhammadbobur.
Qorilar: Abduraxmonov Abdukodir,  G'oziyev Dilshod

3. “Ko'kcha Oqtepa” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Shula ko'chasi,12-uy.) 
Masjid imom-xatibi – Sunnatov Muhammadsharif.
Qorilar: Valiyev Abubakr,  Xasanov Fayzulloh