Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.
Kun.uz’ga Adliya vazirligining xabar berishicha, berilgan ko‘rsatmalarga asosan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab oliy madrasasi tashkil qilinib, 2017 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu diniy ta'lim muassasasining tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan fuqarolarning vijdon erkinligi hamda diniy ta'lim olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur quvonarli voqea 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan diniy bag‘rikenglikni ta'minlash borasidagi amaliy harakatlarning mantiqiy davomchisi bo‘lib hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Oliy madrasa rektori v.b Elov Jobir Rustamovichga Oliy madrasaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirildi va Oliy madrasaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
Muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsan tashabbusligida tashkil qilingan mazkur diniy ta'lim muassasasi oliy Islom bilim yurti hisoblanishini ta'kidlagan holda, uni O‘zbekiston xalqiga sof Islom dini asoslarini mukammal o‘rganish va mamlakatda diniy bag‘rikenglikning ta'minlanishida muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi va mazkur ta'lim muassasasidan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi Islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalar yetishib chiqishini tilab duo qildi.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Buxoro viloyatida yangi tashkil qilingan Mir Arab oliy madrasasidan tashqari Mir Arab islom o‘rta maxsus bilim yurti ham o‘z faoliyatini davom ettirib boradi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT Rossiyaning Kriviy Rigga hujumini keskin qoraladi
Jahon | 13:49
-
Germaniyada O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
O‘zbekiston | 13:38
-
G‘azoni bo‘laklarga bo‘layotgan Isroil, Amerikada Trampga qarshi namoyishlar va bojlar oshirilishiga qarshi chiqqan Ilon Mask - kun dayjesti
Jahon | 13:37
-
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

10:55 / 27.03.2025
Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

23:33 / 06.03.2025