23:12 / 08.06.2017
12190

Kollej o‘quvchilari Islom dinining insonlarni ezgulikka da'vat etishini ko‘rsatib berishdi

Ma'lumki, haftaning har payshanba kuni ta'lim dargohlari, mahallalar va boshqa jamoatchilik maskanlarida  keng  miqyosdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.   

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi iqtisodiyot kollejida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘quvchilar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni yot diniy oqimlar tajovuzidan himoya qilish haqida so‘z bordi.   

Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan “Andijon zukkolari” guruhi kuni kecha “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Tadbirda guruh a'zolari “Biz yoshlar diniy ekstremizmga qarshimiz” mavzusida sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlardan iborat dastur namoyish qildilar. 

Mo‘'jaz tarzda teatrlashtirilgan chiqishlarda diniy aqidaparastlar yo‘liga adashib kirib qolgan yoshlarning ayanchli holati, ta'lim va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanishi, muqaddas islom dinining insonlarni ezgulikka da'vat etishi ko‘rsatib berildi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari G‘. Rahimov va Oltinko‘l tuman hokimining o‘rinbosari F. Parpiyevlar so‘z olib, yoshlarga mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.

 Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top