15:14 / 08.06.2017
12163

Makedoniya NATOga a'zo bo‘lish uchun nomini o‘zgartirishga rozi

Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev ma'lum qildiki, NATO tarkibiga Sobiq Yugoslaviya Makedoniya respublikasi nomi bilan kirishga tayyor. Bu fikrni respublikaning alyansga kirishi jarayonini tezlashtirishi uchun Gretsiya ham ma'qullagan.

7 iyun kuni Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras Zayevni lavozimga kirishgani bilan tabriklagan va Afinaning Makedoniya davlati nomi bo‘yicha bahsdagi pozitsiyasini bildirgandi.

Bugun Makedoniya hukumati rahbari yaqin oylar ichida Skopega NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu esa mamlakatning tashkilotning to‘laqonli a'zosi bo‘lishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin.

"Ikki yo‘l bor: yoki muammolar hal qilinadi, yoki vaqtinchalik nom bilan NATOga kiramiz va Gretsiya bilan mamlakat nomlanishi borasidagi muzokaralarni davom ettiramiz. Ular bizning YeIga kirish istagimiz ham kuchli ekanini yaxshi bilishadi", degan MRT telekanali orqali chiqish qilgan Zayev.

Gretsiyada Makedoniya nomli viloyat mavjudligi sababli Afina ushbu davlatning NATO hamda Yevropa Kengashiga a'zo bo‘lishiga taqiq qo‘yib kelmoqda. Mazkur masalaga yechim topilishi 24 yildan buyon davom etib kelayotgan bahslarga nuqta qo‘yadi.

Mavzuga oid
Top