11:50 / 08.06.2017
7975

«Sevilya»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

2016/17 yilgi mavsumda «Selta»ni boshqargan Eduardo Beritstso «Sevilya» bosh murabbiyiga aylanadi. Argentinalik ushbu 47 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma imzolangan. 

«Sevilya»ning avvalgi ustozi Xorxe Sampaoli avvalroq Argentina termasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. U o‘tgan mavsumda andalusiyaliklar bilan Ispaniya primerasida to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.

«Selta» va Beritstso Ispaniya chempionatida 13-o‘rinni egalladi, shuningdek, Yevropa ligasi yarim finaliga chiqdi.

Mavzuga oid
Top