08:01 / 08.06.2017
21249

Shimoliy Koreya bir nechta raketa uchirdi

Foto: EPA

Janubiy Koreya harbiylari ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya 8 iyun kuni sharqiy sohillaridan bir nechta ballistik raketa, taxmin qilinishicha, kemalarga qarshi qanotli raketalar uchirgan. Bu haqda Uonhap News axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Shimoliy Koreya Kanvon viloyatidagi Vonsan yaqinidan bugun ertalab, taxminlarcha, "yer-kema" sinfidagi bir nechta snaryadlarni uchirgan", deb ma'lum qilindi Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasida.   

Uchirilgan raketalar deyarli 200 km masofa uchib o‘tib, Yaponiyaga tegishli bo‘lgan iqtisodiy hududga tushgan.

Tokio bunga o‘z munosabatini bildirib, Shimoliy Koreyaga norozilik notasi yuborishga va'da bergan. Kunchiqar davlat tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida yapon harbiylari mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hech narsa qayd qilishmaganini ma'lum qildi. Biroq, uning ta'kidlashicha, bunday tajovuzkor harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Shimoliy Koreya oxirgi marta 29 may kuni raketa uchirgandi. Raketa sharqiy yo‘nalishda 450 km uchib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan. 

Mavzuga oid
Top