19:33 / 08.06.2017
16077

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yangi o‘quv yiliga qabul jarayoni qanday ketmoqda?

Bugungi kunda O‘zbekistonda eng zamonaviy ta'lim standartlariga ega bo‘lgan bir necha xorijiy oliygohlarning filiallari mavjud. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ham shulardan biri.

Italiyaning Turin shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu oliygoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 aprel PQ 1106-sonli  “Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan. Universitetning asosiy vazifasi yuqori texnologiyaga asoslangan sanoatning yuqori tarmoqlariga yetuk kadrlarni yetkazib berishdan iboratdir.

Universitetda o‘quv jarayonlari Italiyaning Turin universiteti va xalkaro standartlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi maksad va vazifalariga mos ravishda olib boriladi. Universitetda  Italiyadan kelgan yuqori malakali professorlar va mahalliy professorlar talabalarga ta'lim berishadi. Aytib o‘tish joizki, universitetda darslar to‘lik ingiliz tilida, xalkaro standartlarga mos ravishda olib boriladi.

E'tiborli jihati, universitetda kirish imtihonlari uchun hujjatlar topshirish va kirish imtihonlari  mamlakatda yangi bo‘lgan tizim  Onlayn  tarzda o‘tkazib kelinadi. Abituriyentlar universitet sayti orkali Onlayn ro‘yxatdan o‘tishgach, hujjatlarni takdim etishadi. Shundan so‘ng ularning  biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari skanerdan o‘tkazilib, abituriyentlar ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Onlayn test sinovi kuni esa biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari abituriyentlar ma'lumotlar bazasiga muvofiqligi tekshirib ko‘rilgandan keyin imtihonga kirishga ruxsat etiladi.

2015 yildan beri yo‘lga qo‘yilgan bu tizim abituriyentlarning imtihon jarayoni ochiq tarzda o‘tishi va natijalar abituriyentning o‘z bilimigagina bog‘liq ekanligiga bo‘lgan ishonchni berishi tabiiy. Bundan tashkari, On-layn imtixon jarayoni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyadan kelgan yuqori malakali professorlar  tomonidan nazorat kilinadi.

Kirish imtihonlari matematika, fizika va mantiqqa oid 40 ta savoldan iborat bo‘lib, test uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. Abituriyentlar On-layn testni yakunlagandan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z test natijalari bilan tanishishlari mumkin. Kirish imtihonlarining bunday yuqori darajada o‘tkazilishi abituriyentlar tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham universitetga kirish uchun hujjat topshiruvchilarning soni yildan yilga ortib bormoqda.

Universitetda ta'lim jarayonida ham barcha imtihonlar ana shunday shaffof tarzda bo‘lishi ta'lim sifatini yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatadi. Joriy yilda Islom Karimov nomidagi fond uchun e'lon kilingan tanlovdagi 12 nafar g‘oliblarining  8 nafari aynan shu universitet bitiruvchilari ekanligi ham yuqoridagi fikrning dalili.

Shuningdek, universitetda  talabalar olayotgan nazariy bilimlarini shu yerning o‘zida sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga egalar. Ayni maqsadda universitetda maxsus laboratoriyalar va texnopark tashkil etilgan. Ular xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar va dastgohlar bilan to‘liq ta'minlangan. O‘quv jarayonini takomillashtirish  va talabalarga qulayliklarni oshirish maqsadida oliygohda axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Elektron kutubxona 160 000 nusxadan ortiq adabiyotlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, ularning 70 foizdan ortig‘i elektron adabiyotlardir.

Universitetdagi yuqori ta'lim va sharoitlarning samarasi o‘laroq talabalar yangicha tafakkur, g‘ayrat va shijoat bilan o‘z bilimlarini amalda namoyish etmoqdalar. Oliygoh talabalari tomonidan hozirgacha 80 dan ortiq innovatsion loyihalar ishlab chiqildi. Talabalar tomonidan yasalayotgan turli yangi robotlar esa mamlakatda robototexnikaning rivojlanishiga asos bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu yili oliygohga hujjatlar topshirish muddati 1 maydan ish boshladi va 24 iyunga qadar davom etadi. 

Mavzuga oid
Top