16:52 / 08.06.2017
19814

O‘quv dasturlariga dinshunoslik fanini kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Foto: O‘zA

Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga bag‘ishlab o‘tkazilgan anjumanda o‘quv muassasalarida ma'rifiy islom, dinshunoslik bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotgani borasida savol berildi. Bu haqida tadbirda ishtirok etgan "Kun.uz" xodimi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, hozirda maktab, kollej, litsey va oliy ta'lim muassasalarida dinshunoslik fanini kiritishga doir ishlar olib borilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ma'rifiy islomga oid o‘quv adabiyotlari va dasturlar ko‘rib chiqilib, bu fan qayta tashkil qilinadi. 

Ta'kidlash joizki, dinshunoslik fanining o‘quv dasturlariga kiritilishi bugungi kunda ba'zi yoshlarning din to‘g‘risidagi bilimlarining sayozligi natijasida terrorchi oqimlarga qo‘shilib qolishidek muammolarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi. 

Top