00:29 / 08.06.2017
20284

"UzReport TV" telekanali yana raqamli formatda uzatila boshlandi

3 iyun kuni "UzReport TV" telekanalining uzatilishi aprel-may oylaridagi translyatsiya xizmatidan qarzdorligi sabab efirda raqamli formatda tarqatilishi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilganligi "Radioaloqa, readioeshittirish va televideniye markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan e'lon qilingan edi. 

Bugundan boshlab "Uzreport TV" telekanalining raqamli formatda efirga uzatilishi yana tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, cheklov telekanalning analog formatda tarqatilishiga va raqamli formatda tarqatish uning tarkibiga kiruvchi "Futbol TV" telekanaliga nisbatan joriy qilinmagan edi.

"Uzreport TV" asosan onlayn yangiliklarni va iqtisodiy ko‘rsatuvlarni uzatishga ixtisoslashgan telekanal bo‘lib, unda Yevropa chempionati, Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, shuningdek, Yevropa chempionlar ligasi futbol uchrashuvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Jonli efirda uzatiluvchi Yevropa futbol uchrashuvlarini kengroq qamrab olish maqsadida kanal tarkibida 23 apreldan e'tiboran "Futbol TV" telekanali ham faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Mavzuga oid
Top