13:49 / 09.06.2017
6986

AQShda 1994 yilda uch insonni o‘ldirgan shaxs qatl etildi

Foto: Times of Malta

AQShning Alabama shtatida 46 yoshli Robert Melson qatl etildi. U 1994 yilda uch kishining qotilligida ayblangan, deb xabar bermoqda Associated Press.

U maxsus inʼeksiya orqali qatl etildi.

Xabar qilinishicha, Melson o‘ldirgan erkaklardan birining qarindoshlari qatl jarayonini ko‘rishgan.

Avvalroq ular uch yosh yigit “bir necha yuz dollar” sabab halok bo‘lgani, hamda Melson o‘limga mahkum etilganlar kamerasida 21 yildan beri qolayotganidan shikoyat qilishgandi.

Top