09:20 / 09.06.2017
6696

Buyuk Britaniya bosh vaziri parlamentga qayta saylandi

Foto: EPA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey navbatdan tashqari saylovlar yakuni bo‘yicha parlamentga qayta saylandi.

Leyboristlar 204 mandatni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, konservatorlar – 194 o‘ringa ega. Mustaqil nomzodlar 20 o‘rinni olishdi, Shotlandiya milliy partiyasi - 29, Liberal-Demokratik partiya - 9.

Yagona o‘tkazilgan exit poll ma'lumotlariga ko‘ra, konservatorlar 650 o‘rindan 314 tasini qo‘lga kiritib, saylovlarda yetakchilik qilmoqda, biroq yakuniy natijaga 12 o‘rin yetishmayapti. Leyboristlar partiyasi 266 o‘rinni olgan, uchinchi o‘rinda – 34 mandatga ega Shotlandiya milliy partiyasi. Liberal-demokratik partiya 14 o‘rinni qo‘lga kiritdi, eng o‘ng partiya – mustaqillik Partiyasi esa – parlamentda bironta o‘rinni olmadi. Qolgan partiyalar 22 mandatdan olishdi.

Top