18:50 / 09.06.2017
13376

Lukashenko: agar ShHTga a'zo davlatlar istasa, hech kim hech qayerda vaziyatni izdan chiqara olmaydi

Foto: Tengrinews.kz

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ostonada o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida Shanxay hamkorlik tashkiloti jadallik va izchillik bilan eng nufuzli xalqaro tuzilmalardan biriga aylanayotganini ta'kidlab o‘tdi. Belarus hozirda tashkilotda kuzatuvchi davlat hisoblanadi.

"Mintaqaviy ixtiloflar kuchayotgan sharoitlarda sayyoramizning yarim aholisini bildiruvchi davlatlarning yaqinlashayotgani alohida tahsinga sazovordir. ShHTning bugungi kundagi o‘ziga xosligi shundaki, ShHTning barcha a'zolari istasa hech kim dunyoning hech qayerida va hech qachon vaziyatni izdan chiqara olmaydi. Buni ko‘rish kerak – bu bugungi kunda yaratilgan juda ulkan qadriyatdir. Jipslik va birdamlik – zamonaviy chaqiriq va tahdidlar, jumladan terrorchilik, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashdagi muhim omildir", deb yuzlandi ishtirokchilarga Lukashenko.   

Lukashenko ShHTni bugungi kunda dunyo taraqqiyotining kun tartibidagi birorta masala bo‘yicha e'tiborga olmaslikning iloji yo‘qligini aytdi. 

"ShHT nufuzining kuchayotganidan xalqlarning birgalikda o‘zaro manfaatli va osoyishta, teng huquqli yashashining Shanxay yo‘lini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarning ko‘payotgani darak beradi. Ikkita qudratli davlat – Hindiston va Pokiston uning teng huquqli a'zolariga aylanmoqdalar. Bu sammit uchun eng muhim natijadir. Shuni qo‘shimcha qila olamanki, bu tashkilotimizning jasurona va ma'suliyatli qadami bo‘ldi", deb ta'kidlab o‘tdi Belarus prezidenti.

Lukashenko o‘z nutqida Yevrosiyo qit'asida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

"Muammo avj olmoqda. Belarus oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik davlat sifatida bu sohada sun'iy to‘siqlarning olinishi tarafdori. Biz, oxir-oqibat, bu tashkilotda birlashgan o‘z xalqlarimizning qornini to‘yg‘azishimiz kerak. Shuningdek, Yevrosiyoda mahsulotlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi harakatiga to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha masalalarni hal qilishga katta ahamiyat beramiz. Bu muammoni hal etib, biz shunday qilamizki, dunyo umuman u haqda gapirmaydigan bo‘ladi, chunki Yevrosiyo qit'asi sayyoramizdagi eng ulkan va asosiy qit'adir", deb o‘z fikrlarini bildirdi Lukashenko.

Mavzuga oid
Top