05:34 / 09.06.2017
25484

Messi mehmonxona sotib oldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Kataloniya poytaxtidan uzoq bo‘lmagan joydan to‘rt yulduzli mehmonxona sotib oldi.

ARA nashri bergan xabarga ko‘ra ushbu mehmonxonada 77 nomer bor, bu xonalarda bir kecha tunash mavsumga qarab 250-300 yevro bo‘ladi.

Bu savdo Messiga tegishli kompaniya (Kompaniya 2010 yilda tuzilgan, uni futbolchining akasi Rodrigo boshqaradi) tomonidan amalga oshirilgan, mehmonxona 30 million yevroga sotib olingan.

Bundan oldinroq Messining «Barselona» bilan tuzadigan yangi shartnomasiga ko‘ra yillik maosh miqdori 30 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Top