10:50 / 09.06.2017
23612

Ronalduga 120 mln yevro maosh to‘lashga tayyor jamoa paydo bo‘ldi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu turli klublarning qiziqishiga sabab bo‘lishda davom etmoqda, deb xabar beradi AS.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan Xitoy jamoasi Portugaliya termasi futbolchisi uchun 200 mln. yevro taklif qildi. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 120 mln. yevrolik maosh taklif etilmoqda. Agarda bunday transfer amalga oshadigan bo‘lsa, bu rekord maosh bo‘ladi, sababi hozirga qadar hech kimga shuncha ish haqi taklif qilinmagan. Ta'kidlab o‘tish joizki, Xitoy klubi rahbariyati bu kelishuvni amalga oshirishga qat'iy ahd qilgan va Madridga kelasi haftada uchib bormoqchi. U yerda «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres bilan muzokara o‘tkaziladi.

Avvalroq «PSJ», «Monako» va «Manchester Yunayted» Ronaldu uchun 180 mln. yevro taklif qilishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Top