12:20 / 09.06.2017
18986

Sardor Rashidovga Yevropa jamoalari qiziqish bildirgandi

O‘zbekiston terma jamoasi va Qatarning «Al-Jaish» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Gretsiyada davom ettirishi mumkin bo‘lgandi. Bu haqda Tribuna.Uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Sardor Rashidovni qo‘lga kiritish uchun Gretsiyaning AYeK klubi da'vogar bo‘lgan. Klub Qatar jamoasining tugatilib, boshqa jamoaga qo‘shib yuborilishi natijasida klubsiz qolishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagandi. Hozircha grek klubining qiziqishi qanday statusda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sardor Rashidovga Italiyaning «Kevo» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabar qilingandi. Biroq Qatar klubi so‘ragan pulni veronaliklar to‘lab bera olmasligini bildirib, xariddan voz kechgan.

Ma'lumot uchun, Qatarning «Al-Jaish» va «Laxviya» jamoalari birlashtirib yuborildi. Yangi klubga «Laxviya» bosh murabbiyi ustozlik qilishi hisobiga Rashidov jamoada qolish imkoniyati past baholanayotgandi.

Top