15:50 / 09.06.2017
7222

ShHT raisligi Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning kengaytirilgan yig‘ilishida bir qator hujjatlar imzolandi, shuningdek, tashkilot raisligi Qozog‘istondan Xitoyga o‘tdi.

«Biz kunning dolzarb masalalarini va navbatdagi qadamlarni muhokama qildik, shuningdek, tashkilot faoliyati bilan bog‘liq xalqaro masalalar ko‘rib chiqildi», - degan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yig‘ilish yakunida.

Yig‘ilish yakunida u Qozog‘istonning ShHTga raisligi tugab, bu maqom Xitoy xalq respublikasiga topshirilishi haqida e'lon qildi. 2018 yilning iyunida Pekinda ShHTning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Sammitda Ostona deklaratsiyasi, ShHTning terrorizmga qarshi Konventsiyasi, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish haqida ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining bayonoti va boshqa bir qator hujjatlar (jami 11 ta hujjat) imzolangan. Shuningdek, ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston yetakchilari Hindiston va Pokistonni tashkilotga a'zolikka qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetgani hamda ularga ShHTga a'zo davlat maqomini berish haqidagi qarorga imzo chekishgan.

Mavzuga oid
Top