16:15 / 09.06.2017
8730

Tailand fuqarosi Facebook’dagi postlari sabab 35 yilga qamaldi

Foto: TechCrunch

Tailandda Vichai ismli shaxs Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qirollik oilasini haqorat qiluvchi umumiy hisobda o‘nta foto, video va izohlarni qoldirgan, deb xabar bermoqda TechCrunch nashri. Ular Tailandning qirollik oilasiga tegishli qattiq qoidalarini buzgan.

33 yoshli erkakni o‘z do‘sti nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan soxta sahifa orqali haqoratomuz postlar qoldirganlikda ayblashdi.

Avvaliga Vichai barcha ayblovlarni rad etdi, biroq, qamoqda bir yil o‘tirganidan so‘ng o‘z qarorini o‘zgartirdi va aybini tan oldi. Dastlab uni 70 yilga ozodlikdan mahrum etishmoqchi bo‘lishdi, ammo keyinchalik bu muddat 35 yilgacha tushirildi.

Tailand qonunlariga ko‘ra, monarxiyani tanqid qilish umuman mumkin emas.

Mavzuga oid
Top