16:25 / 09.06.2017
5961

Tojikiston: ShHT narkotik moddalarga qarshi markazini tashkil etish kerak

Foto: Today.kz

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ShHT sammiti doirasidagi kengaytirilgan tarkib yig‘ilishi davomida tashkilotning narkotik moddalarga qarshi markazini tashkil etish lozimligi haqida eslatib o‘tdi, deb xabar bermoqda Today.kz. 

"ShHT doirasida tashkilotning mintaqaviy terrorchilikka qarshi tuzilmasi faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga tegishli e'tibor qaratish lozim. Terrorizm va uyushgan jinoyatchilik bilan umumiy kurashning muhim qismi giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olishdir. ShHT doirasida bizning narkotik moddalar kontrabandasi bilan birgalikdagi kurashimizni muvofiqlashtirish bo‘yicha mexanizmni yaratish juda dolzarb ekanini yana bir karra ta'kidlab o‘tmoqchiman. Avval Tojikiston tomonidan ShHT narkotik moddalarga qarshi markazini yaratish bo‘yicha bildirilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilamiz", - deya ma'lum qildi Imomali Rahmon.

Tojikiston rahbarining qayd etishicha, iqtisodiy o‘zaro harakatlarni yanada kengaytirish, jumladan, mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish ancha samarali moliyaviy hamrohlikni talab qiladi.

Mavzuga oid
Top