10:19 / 10.06.2017
15484

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keldi 

BMTning ShHT sammitida ishtirok etgan bosh kotibi Antoniu Guterrish 10 iyun kuni Samarqandga keldi. 

Bu yerda u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Kunning ikkinchi yarmida Nukusga boradi va Orol dengizi hududidagi kemalar qabristoni bilan tanishadi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi ahvoli hamda rivojlantirish istiqbollariga doir turli uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkaziladi. 

 

Top