00:58 / 10.06.2017
18626

Ibrahimovichning «MYu»dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Angliya premer-ligasi rasmiy sayti o‘z klubi bilan xayrlashib, erkin agent maqomini olgan futbolchilar nomini e'lon qildi. Ro‘yxat APL rasmiy saytida e'lon qilingan.

Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirmasdan, unga javob bergani qayd etilgan.

Shuningdek, «Arsenal» Yaya Sanogo bilan yangi bitim tuzmagan bo‘lsa, Jon Terri «Chelsi»ni tark etgan.

«Kristal Pelas» bir yo‘la 11 nafar futbolchi bilan xayrlashgan bo‘lib, ro‘yxatdan Jonatan Benteke (Kristiana Bentekening ukasi), Matyo Flamini, Jo Ledli va Freyzer Kempbell o‘rin olgan.

«Manchester Siti»da esa Pablo Sabaleta, Xesus Navas, Villi Kabalero, Bakari Sanya va Gael Klishi bilan shartnomalar yakuniga yetgan.

Alvaro Arbeloa «Vest Hem»ni tark etgan bo‘lsa, Darren Fletcher – «Vest Bromvich»ni.

Top