19:00 / 11.06.2017
26925

Xitoyda osmono‘par bino yonib ketdi

Xitoyning markaziy qismida joylashgan Lanchjou shahrida qurilayotgan osmono‘par bino yonib ketdi. Alanga qurilish havozalari bo‘ylab tez tarqab, binoni ulkan mayoqqa aylantirgan.
  
Xitoyning SSTV telekanali ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma'lumotlar olinmagan. O‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni o‘z nazoratlariga olish uchun 1,5 soat talab etilgan.

Top