21:05 / 11.06.2017
16299

Rossiya va Eron Qatarga oziq-ovqat yordami berishni taklif qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya va Eron Qatarga oziq-ovqat yordami berishni taklif qildi, biroq Qatarga hozircha bu yordam kerak emas, deb aytdi Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy.

"Eron boshqa do‘stona davlatlar kabi yordam taklif qildi. Rossiya ham zarurat bo‘lsa, yordam berishini aytdi. Biroq ayni vaqtda bunday ehtiyoj yuzaga kelmagan. Hozir biz qo‘llayotganlarimiz Turkiya va boshqa davlatlardan kanallardir", deb aytdi Ol Soniy "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.   

5 iyunda Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishdi. Keyinroq boshqa bir qator davlatlar ham Qatar bilan aloqalarni uzishlarini ma'lum qilganlar. Doha bunga javoban choralar ko‘rmasligini aytgan.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top