04:26 / 11.06.2017
33259

O‘zbekiston terma jamoasining Eronga yo‘l olgan tarkibi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi «A» guruhi  8-turidan o‘rin olgan Eronga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun Tehronga yo‘l oldi.

Tribuna.Uz manbasi bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehronga 23 nafar futbolchi bilan yo‘l olgan. Eronga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tarkib qo‘yidagicha ko‘rinish olgan:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»).
Himoyachilar: Farrux Sayfiyev («Nasaf»), Anzur Ismoilov («Changchun Yatay», Xitoy), Yegor Krimets («Beyjing Guan», Xitoy), Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Davron Xoshimov («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Nasaf»).
Yarim himoyachilar: Stanislav Andreyev («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanghay SIPG»), Server Jyeparov («Istiqlol», Eron), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar), Aziz Haydarov («Ajman», BAA), Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Vadim Afonin («Orenburg», Rossiya).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar), Aleksandr Geynrix («O‘rdabasi», Qozog‘iston).

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida jarohati sabab «Lokomotiv» futbolchilari Islom To‘xtaxo‘jayev va Marat Bikmayev Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi uchrashuv 12 iyun kuni,  Tehrondagi «Ozodi» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid
Top