03:45 / 11.06.2017
7879

JCh-2018 saralashi, S guruhi. Germaniya 7ta gol urdi

Yevropada 2018 yilgi jahon chemionati saralashi doirasida S guruhi vakillari 6-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Germaniya San-Marino ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Nyurnbergdagi «Grundig» stadionida kechgan uchrashuv 7:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.

G‘oliblarning gollariga Yulian Draksler, Amin Yunes, Shkodran Mustafi, Yulian Brandt va het-trik qayd etgan Sandro Vagner mualliflik qilishdi.

Guruhda doirasida avvalroq bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shimoliy Irlandiya Ozarboyjonni qabul qilib, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Styuart Dallas urgan gol evaziga g‘alabaga erishgandi (1:0).

Yana bir uchrashuvda Chexiya Norvegiya maydoniga safar qilib, durang qayd etdi (1:1). Mehmonlarning goli Teodor Gebre Selassi tomonidan urilgandi, mezbonlarning javob goliga Aleksandr Syoderlund muallif bo‘ldi.

Endilikda S guruhida turnir jadvali shunday ko‘rinish olgan: 1. Germaniya — 18 ochko (6 o‘yin); 2. Shimoliy Irlandiya — 13 (6); 3. Chexiya — 9 (6); 4. Ozarboyjon — 7 (6); 5. Norvegiya — 4 (6); 6. San-Marino — 0 (6).

JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur

Germaniya – San-Marino 7:0 (4:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Draksler, 2:0 – 16 Vagner, 3:0 – 29 Vagner, 4:0 – 38 Yunes, 5:0 – 47 Mustafi, 6:0 – 72 Brandt, 7:0 – 85 Vagner.
Germaniya – ter Stegen, Kimmix, Mustafi, Hektor (Plattenxardt, 55), Draksler (Demme, 76), Gorettska, Yunes, Jan, Brandt, Shtindl (Verner, 55), Vagner.
San-Marino – Benedettini, Dzafferani, Chervellini, Chezarini (Brolli, 87), Palatstsi, Golinuchchi, Bonini, Bordi, Matstsa (Bernardi, 69), Della Valle, Rinaldi (Xirsh, 78).
Ogohlantirishlar: Bonini (56), Chervellini (63), Matstsa (66).

Ozarboyjon – Shimoliy Irlandiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Dallas.
Ozarboyjon – Agayev, Guseynov, Pashayev, Medvedev, Sadygov, Guseynov, Garayev, Rishard, Ismailov (Amirguliyev, 84), Nazarov (Aleskerov, 77), Sheydayev (Abdullayev, 90).
Shimoliy Irlandiya  –  Makgovern, Makoli (Makginn, 25; Xodson, 86), Evans, Maklaflin, Xyuz, Brant, Dallas, Norvud, Devis, Boys (Laferti, 77), Madjyennis.
Ogohlantirishlar: Medvedev (56), Guseynov (56), Garayev (66), Madjyennis (73), Devis (80)

Norvegiya – Chexiya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 36 Gebre Selassiye, 1:1 – 55, penalti Toft-Soderlund.
Norvegiya – Yarsteyn, Svensson, Aleesami, Reginiussen (Valsvik, 33), Yuxansen, Nordtveyt, Elyunussi, Berge, Elyunussi, Toft-Soderlund (Maars, 71), Berget (Deli, 61).
Chexiya – Vatslik, Gebre Selassiye, Kaderjabek, Sivok, Brabets, Zmrgal (Yankto, 43), Dochkal, Souchek, Darida (Gorshava, 80), Kreychi, Krmenchik (Shik, 63).
Ogohlantirishlar: Yuxansen (57), Souchek (73), Kreychi (90), Gorshava (90).

Mavzuga oid
Top