21:47 / 12.06.2017
12555

AQSh va NATO samolyotlari Rossiya chegarasi yaqinida razvedka olib bordi

AQSh va NATO harbiy-havo kuchlari 12 iyun – Rossiya kuni Kaliningrad viloyati chegaralari yaqinida navbatdagi razvedka operatsiyasini olib bordi. Bundan harbiy aviatsiya parvozlarini kuzatuvchi xorijiy saytlar ma'lumotlari darak bermoqda.

Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll  aviabazasidan havoga ko‘tarilgan AQSh HHKning 64-14847 bort raqamiga ega RC-135U va 62-4138 bort raqamiga ega RC-135W strategik razvedka samolyotlari Kaliningrad viloyati chegaralari yaqinida birin-ketin parvoz amalga oshirganlar. Ulardan har biri 3 soat davomida Rossiyaning dengiz va quruqlikdagi chegaralari bo‘ylab radiotexnik razvedka olib borgan.

Bu orada Rossiyaning Boltiq janubidagi chegarasida NATOning uzoq radiolokatsion aniqlash va boshqarish samolyoti AWACS kuzatuv olib borgan.  Bu samolyot Kaliningrad viloyatidan janub tomon, Polshaning Gdansk shahri yaqinida parvoz amalga oshirgan.

11 iyunda esa Boltiq dengizida o‘tayotgan NATO mashg‘ulotlari doirasida Rossiya chegarasi yaqinida AQSh HHKning V-1V va V-52N strategik bombardimonchi samolyotlari parvoz amalga oshirgandi.

Mavzuga oid
Top