15:46 / 12.06.2017
8191

BMT bosh kotibi O‘shda 2010 yildagi fojiali voqealar qurbonlari xotirasini yod etdi 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish yakshanba, 11 iyun kuni Bishkekka keldi. U Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi, shuningdek, O‘sh shahriga tashrif buyurdi hamda u yerda 2010 yilning iyun oyi voqealariga bag‘ishlangan maxsus tadbirlarda ishtirok etdi. Bu shaharda roppa-rosa yetti yil muqaddam millatlararo zo‘ravonlik holatlari ro‘y bergandi, deya xabar bermoqda BMT sayti.

Bosh kotib Bishkekdagi matbuot anjumanida chiqish qilib, Qirg‘iziston bilan o‘zining BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari sifatidagi hamkorligini eslab o‘tdi. 

O‘sh shahridagi chiqishi davomida esa, Guterrish 2010 yilning fojiali hodisalaridan so‘ng mahalliy aholi vazminligiga yuqori baho berdi. U yetti yil avval ro‘y bergan millatlararo zo‘ravonlik holatlari davomida jabrlangan kishilarning yaqinlariga hamdardlik izhor etdi. 

Guterrishning eslatishicha, etnik va madaniy xilma-xillik sayyorga tahdid tug‘dirmaydi, aksincha, bizning dunyoni yanada boyroq qiladi.

Top