08:12 / 12.06.2017
14905

Dunyodagi eng kuchli o‘yin qurilmasi taqdim etildi

Microsoft kompaniyasi Ye3 ko‘rgazmasi doirasida maxsus matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda Xbox One X yangi o‘yin qurilmasi taqdim etildi. U bozordagi eng kuchli o‘yin qurilmasiga aylandi.

Kompaniya vakillari so‘zlariga ko‘ra, qurilma o‘yinlarni 4K kenglik va kadrlarni 60 fps chastotada ishga tushirishi mumkin. Bunga olti teraflopslik grafik karta sabab erishilgan. Taqqoslash uchun, PS4 Pro ishlab chiqaruvchanlik hajmi 4,2 teraflopsni tashkil etadi. Bundan tashqari, Xbox One X Microsoft’ning eng ixcham o‘yin qurilmasi hisoblanadi. U Xbox One S’da qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan barcha aksessuarlar bilan birga ishlashi mumkin.

Xbox One X 2017 yilning 7 noyabr kuni 500 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid
Top