10:30 / 12.06.2017
15083

Figu hamon o‘sha-o‘sha. «Real» «Roma»ni klublar afsonalari uchrashuvida tor-mor keltirdi

Madridning «Real» jamoasi Rimning «Roma»sini klublar afsonalari uchrashuvida tor-mor keltirdi. «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda madridliklar tarkibida Fernando Morentes va jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etgan Luish Figu gol urgan bo‘lsa, bahsning ikkinchi taymida Morentes dubl qayd etdi. «Real»ning yana bir goliga Edvin Kongo mualliflik qildi.

Top