08:23 / 12.06.2017
4130

Gaitida yuk mashinasining odamlarga urilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Gaitida yuk mashinasi haydovchisi odamlarga urilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Haiti Press Network nashri.

Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi Kavayon kommunasidagi bozor yonida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mashina haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, yo‘l chetidagi odamlarni bosib ketgan.

YTH oqibatida ko‘plab odamlar jarohat olgan, ulardan ko‘pchiligining ahvoli og‘ir.

Top