16:35 / 12.06.2017
13298

Qirg‘izistondagi eng yirik GESga 330 tonnalik transformator keltirilmoqda

Qirg‘izistondagi Toktogul GESiga 330 tonnalik transformator olib kelinmoqda. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, nominal quvvati 425 ming kVA bo‘lgan SSP-425 000/500 turidagi transformator Qirg‘izistonning eng yirik GESlaridan biriga eski transformatorni almashtirish maqsadida olib kelinadi. 

Ma'lum qilinishicha, uskuna Xitoyda ishlab chiqarilgan. U Xitoydan Qozog‘iston orqali olib kelinmoqda, keyinchalk Talas vodiysi orqali Toktogul GESiga keltiriladi.

Kelajakda yana uchta shunday transformatorni olib kelish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top