Parijning shimoliy qismida noma'lum shaxslar restoran ichiga yonuvchi aralashmali shisha idish uloqtirishlari oqibatida u yerda yong‘in chiqqan. Bu haqda politsiyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Le Figaro nashri xabar bermoqda.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan. Yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan, biroq uning oqibatida restoran joylashgan 5 qavatli binodagi odamlar jarohat olganlar.
"Ayni vaqtda ikki kishi og‘ir ahvolda San-Lui shifoxonasiga yuborilgan, yana 10 kishi, jumladan 6 politsiyachi yengil jarohat olgan", deb ma'lum qilgan o‘t o‘chirish xizmati vakili.
Hozircha ushbu voqeaning rasmiy versiyasi yo‘q, biroq unga sabablardan biri sifatida restoranni tunashga urinish bo‘lgani aytilmoqda.