08:47 / 12.06.2017
3152

"Pittsburg Pingvinz" 5 karra Stenli kubogi g‘olibi bo‘ldi

Foto: Reuters

"Pittsburg Pingvinz" xokkey jamoasi Milliy xokkey ligasining Stenli kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Jamoa Toshkent vaqti bilan 12 iyunga o‘tar kechasi liganing final seriyasida "Neshvill Predatorz" ustidan 4-g‘alabaga erishib, liganing joriy mavsumdagi g‘olibi bo‘ldi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. 

"Pittsburg" 3-bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganda Xyornkvistning faolligi evaziga uchrashuvdagi hisobni ochdi. Shunda neshvilliklar ko‘pchilik bo‘lib o‘ynash maqsadida darvozabonni 6-o‘yinchiga almashtirishdi, biroq bu ularning darvozasiga 2-shayba kirishi bilan tugadi.

Shu tariqa seriyadagi umumiy hisob "Pittsburg" foydasiga 4-2 bo‘ldi. Pittsburgliklar uylarida o‘tgan ilk ikki uchrashuvni 5:3, 4:1 hisobida yutishib, mehmonda 2 marta 1:5, 1:4 hisobida yutqazishgandi. Seriyaning 5-uchrashuvida ular raqiblarini 6:0 hisobida tor-mor etishib, 6-uchrashuvni ham o‘z foydalariga hal qila olishdi.

"Pittsburg" endilikda ushbu kubokning 5 karra g‘olibiga aylandi va uni ketma-ket 2-yil qo‘lga kiritmoqda. 

Mavzuga oid
Top